Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Tramp falastinliklarni Afrikaga ko‘chirmoqchi – OAV

Olam

image

Isroil va AQSH Prezident Donald Trampning G‘azo sektoridan falastinliklarni majburiy ko‘chirish rejasi doirasida Sharqiy Afrika davlatlari bilan muzokaralarga kirishdi. Bu haqda Isroil va AQSH rasmiylariga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH va Isroil ko‘chiriladigan falastinliklarni Sudan, Somali va 1991 yilda Somalidan mustaqilligini e’lon qilgan Somalilend mintaqasiga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilgan.

Biroq Sudan rasmiylari AQSH taklifini rad etgan. Somali va Somalilend vakillari esa nashrga bu borada hech qanday so‘rov olmaganini ma’lum qilgan.

AP'ning yozishicha, bu aloqalar AQSH va Isroilning xalqaro tanqidlarga qaramay, falastinliklarni deportatsiya qilish rejasini ilgari surishga qat’iy qaror qilganidan dalolat beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni qabul qilar ekan, AQSH Prezidenti Vashington G‘azo sektori ustidan nazorat o‘rnatishini va “barcha xavfli portlamagan bombalar va boshqa qurollarni olib tashlash uchun javobgar bo‘lishini”, qirg‘oq chizig‘ini “Yaqin Sharq Rivrasi”ga aylantirishini aytgandi.

“Biz uni rivojlantiramiz, minglab ish o‘rinlarini yaratamiz. Bu butun Yaqin Sharq faxrlanishi mumkin bo‘lgan narsa bo‘ladi”, deb va’da berdi Tramp.

Shundan so‘ng, Donald Tramp G‘azo sektorida yashovchi falastinliklarni ko‘chirishni taklif qildi. Netanyaxu Trampning tashabbusini ma’qullab, uni “inqilobiy” deb atadi.

Misr Isroil va HAMASga yangi sulh rejasini taklif qildi north_east

Misr Isroil va HAMASga yangi sulh rejasini taklif qildi

O‘z navbatida, falastinliklar, qator arab davlatlari va AQSHning G‘arb ittifoqchilari respublikachini tanqid qilib, uni xalqaro huquqni buzganlikda aybladi.

Tanqidlarga qaramay, 10 fevral kuni Donald Tramp G‘azo sektorini sotib olish niyatini tasdiqladi.

“Uni qayta tiklashga kelsak, biz uni Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarga berishimiz mumkin, ular hududining bir qismini qurishi mumkin; boshqa odamlar buni bizning homiyligimiz ostida amalga oshirishi mumkin”, deydi u.

Tramp, shuningdek, AQSHning ittifoqdoshlari Iordaniya va Misr, agar falastinliklarni G‘azo bo‘yicha bahsli rejasini qabul qilishdan bosh tortsa, ularga yordam berishni “nazariy” to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi.
4 mart kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi raisligida Falastin Davlati iltimosiga binoan favqulodda arab sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit ishtirokchilari Misr tomonidan tayyorlangan G‘azoni qayta qurish rejasi va yakuniy deklaratsiyani bir ovozdan qabul qildi.  


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Isroil G'azo Sharqiy Afrika Yaqin Sharq Riv'rasi Bin'yamin Netan'yax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing