Tramp chegaradagi devor uchun so‘nggi chorasini ishga solmoqchi
Olam
−
15 fevral 2019
8119AQSH prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada devor qurishga mablag‘ olish uchun mamlakatda favqulodda vaziyat joriy qilmoqchi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Sara Sanders Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Shuningdek, Tramp “shatdaun” qayta boshlanmasligi uchun davlat byudjetining murosa loyihasini ham imzolaydi.
Kutilayotgan favqulodda vaziyat AQSH fuqarolarining huquqlari yoki qonunlarning amal qilishini cheklamaydi. Biroq prezidentga Kongressning ruxsatisiz devor qurilishiga mablag‘ni olish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, Respublikachilar va Demokratlar AQSH davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Bu kelishuv mamlakatda qayta boshlanishi mumkin bo‘lgan “shatdaun”ning oldini olish uchun amalga oshgandi.
Byudjet loyihasida devor qurilishi hisobga olingan, biroq Tramp xohlaganidek 5,7 mlrd dollar emas, 1,375 mlrd dollar ajratish ko‘zda tutilgan.
Bu loyiha Trampga ma’qul bo‘ladimi, yo‘qmi hozircha noma’lum.
LiveBarchasi