Tramp boylar uchun soliqni oshirmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp yillik daromadi 2,5 million dollardan oshadigan amerikaliklar uchun 37 foizlik soliqni 39,6 foiz darajasiga qaytarishni taklif qilmoqda. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7 may kuni Tramp Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonga yiliga kamida 2,5 million dollar daromad oladiganlar yoki yillik daromadi kamida 5 million dollar bo‘lgan oilaviy juftliklar uchun soliq stavkasining yuqori chegarasini 37 foizdan 39,6 foizga oshirishni taklif qilgan.

NYTʼning qayd etishicha, Tramp 2017 yilda o‘zining birinchi prezidentlik muddati davomida “boylar uchun soliq”ning yuqori chegarasini 39,6 foizdan 37 foizga tushirgan. U shu darajada qolmoqda, biroq hozirda maksimal stavka yillik daromadi 626 ming 350 dollardan oshganlarga nisbatan qo‘llanadi.

Nashrlarning yozishicha, Trampning taklifi soliqlarni qisqartirishni uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasi fonida paydo bo‘lgan, uning qiymatini qoplash uchun qonun chiqaruvchilar mablag‘ topishga, jumladan, kam daromadli amerikaliklar uchun sug‘urta dasturini qisqartirishga harakat qilmoqda.

“Bloomberg” tomonidan taqdim etilgan mustaqil Soliq jamg‘armasining dastlabki bahosiga ko‘ra, boylar uchun yangi soliq stavkasini joriy etish o‘n yil ichida byudjetga 67,3 milliard dollar jalb qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp xorijiy kinofilmlar importiga 100 foizlik bojxona to‘lovlari joriy etilishini e’lon qilgan edi. Tramp chet el kinolarini “milliy xavfsizlikka tahdid” deb atagan va bu chora Amerika kino sanoatini himoya qilish maqsadida ko‘rilayotganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Donal'd Tramp Mayk Jonson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing