Tramp Baydenning inauguratsiyasida qatnashmoqchi emas – OAV

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti, respublikachi Donald Tramp 20 yanvar – demokrat Jozef Bayden inauguratsiyasi kuni Oq uydan vertolyotda Florida shtatiga uchib ketishni va shu bilan poytaxtdagi barcha rasmiy marosimlarni o‘tkazib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu hadqa "Axios" nashri xabar berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Baydenni na Oq Uyda kutib oladi, na inauguratsiya marosimida qatnashadi, aksincha, Floridada o‘z tarafdorlari oldida bo‘lib o‘tadigan katta mitingda nutq so‘zlaydi va 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashishini e’lon qiladi.

Oq uy Trampning rejalari haqidagi bunday ma’lumotlarni rasman tasdiqlamagan.

“Prezident nimani rejalashtirayotganini yoki rejalashtirmasligini bilishni talab qiladigan noma’lum manbalar aniq tasavvurga ega emaslar. Prezident Tramp o‘zining 20 yanvar kungi rejalari to‘g‘risida e’lon qiladigan payt kelganda, albatta, xabar beradi”, deydi Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Jadd Dir. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda Prezident saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. G‘olib hali rasman e’lon qilinmagan. AQSH yetakchi ommaviy axborot vositalarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Jo Bayden saylovda g‘olib chiqqan. Uning o‘zi ham Prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baydenning 2021 yilning 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan vazifasiga kirishish marosimida mavjud an’analarning qisqartirilgan versiyasidan foydalanilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Bayden

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing