Tramp Baydenni AQSHni kambag‘al davlatga aylantirganlikda aybladi
Olam
−
24 iyul 2022
10846Amerika ma’muriyatining amaldagi rahbari demokrat Jo Bayden Qo‘shma Shtatlarni boshqalardan yordam so‘rashga majbur bo‘lgan “kambag‘al mamlakat”ga aylantirdi. Bu haqda AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Floridadagi talabalar konferensiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidladi.
“Atigi ikki yil ichida biz eng kuchli davlatdan (juda kuchli va qudratli edik) dunyoda tan olinishi va hurmati jihatidan zaif [mamlakat]ga aylandik. Hech kim hurmat qilmay qo‘ydi. Ikki yil oldin biz energiya masalasida mustaqil va hatto hukmron ham edik. Bu borada Saudiya Arabistoni hamda Rossiyani ortda qoldirishga yaqinlashayotgandik”, deya ta’kidladi u.
Tramp o‘zining ma’muriyati ostida AQSH eng katta iqtisodga ega ekanligini ham qo‘shimcha qildi.
“Endi biz kambag‘al davlatmiz. Bayden tiz cho‘kib, dunyodan energiya manbalarini so‘rab, yordam so‘rab yurgan kambag‘al mamlakat”, dedi sobiq Prezident.
Avvalroq, Donald Tramp 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish bo‘yicha o‘z qarorini allaqachon qabul qilganini aytgan edi.
LiveBarchasi