Tramp Bayden qachon Oq uyga kira olishini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidentligiga nomzod Jo Bayden saylovlarda olgan ovozlarining haqiqiyligini isbotlay olgandagina Oq uy rahbari lavozimini egallashi mumkin bo‘ladi. Bu haqda AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp gapirgan

"Bayden unga berilgan 80 million ovoz firibgarlik bilan yoki noqonuniy tarzda olinmaganini isbotlay olgandagina Prezident sifatida Oq uyga kirishi mumkin", deb yozgan Tramp Twitter'dagi sahifasida. 

Unga ko‘ra, Detroyt, Atlanta, Filadelfiya va Miluoki saylovchilari orasida ommaviy firibgarliklar sodir bo‘lgan. 

"Uning hal qilib bo‘lmaydigan katta muammolari bor", degan Tramp Baydenga qarata.

Avvalroq, Bayden mamlakat Mudofaa vaziri (Pentagon rahbari) lavozimiga qora tanli rahbar tayinlash haqida o‘ylayotgani haqida xabar bergandik. 

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. AQSH Prezidenti nomini e’lon qiladigan Saylovchilar kollegiyasi yig‘ilishi 14 dekabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh OQ UY

Baholaganlar

648

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing