Tramp ayblovi ortidan Nyu-York politsiyasi namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Olam

image

Nyu-York politsiyasi AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning ayblovi sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda kecha, 21 mart kuni CNN Nyu-York politsiya departamenti xodimlariga tarqatilgan ichki eslatmaga asoslanib xabar berdi. 

Telekompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 20 mart kuni tarqatilgan eslatmada barcha politsiya xodimlariga tartibsizliklar sodir bo‘lgan taqdirda ishga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etilgan. CNN’ga huquq-tartibot idoralaridagi manbalarning aytishicha, 21 mart kuni politsiya shay holatga keltirilar ekan, shaharda notinchlik xavfi tasdiqlanmagan. 

19 mart kuni Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘iga kirib, Nyu-York prokuraturasi 21 mart kuni uni hibsga olishga tayyorlanayotganini aytdi va o‘z tarafdorlarini namoyishga chiqishga chaqirdi. 

21 mart kuni Nyu-Yorkdagi katta hakamlar hay’ati sobiq pornografik aktrisa Stormi Deniyelsga pul to‘lashda Trump Organization tashkilotining moliyaviy hujjatlarini soxtalashtirish bilan bog‘liq holda Trampga qarshi ayblovlar qo‘yish imkoniyatini tekshirishda davom etmoqda. Aytilishicha, advokat Maykl Koen 2016 yilgi saylov kampaniyasi paytida 2006 yilda Trampga aloqadorligi haqidagi ma’lumotni tarqatmasligi uchun unga 130 ming dollar to‘lagan. Keyin Nyu-Yorkning janubiy okrugi prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, sarflangan pul unga Trump Organisation hisobidan to‘langan, buning uchun kompaniya hujjatlari soxtalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Donald Tramp prezidentlik davrida xorijiy yetakchilardan olgan umumiy qiymati taxminan 291 ming dollar bo‘lgan yuzdan ortiq sovg‘alar haqida hisobot bermagani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp N'yu-York

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing