Tramp ash-Sharani Isroilni tan olishga chaqirdi

Olam

image

Bugun, 14 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy) bilan uchrashdi va unga Isroilni tan olish hamda Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilish taklifini berdi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi sammiti doirasida o‘tkazilgan. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an suhbatga masofaviy tarzda qo‘shilgan.

Tramp uchrashuv davomida Suriyadan nafaqat diplomatik tan olishni, balki quyidagi choralarni ham amalga oshirishni talab qilgan:

  • Ibrohim kelishuvi (Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish)ga qo‘shilish.
  • Chet el fuqaroligiga ega bo‘lgan barcha terrorchilarni Suriya hududidan chiqarib yuborish.
  • Barcha HAMAS jangchilarini Suriya hududidan chiqarib yuborish.
  • AQSHga Suriyada ISHID qayta kuchayishining oldini olishda yordam berish.
  • Suriyada ISHID jangarilari saqlanayotgan qamoqxonalarga javobgarlikni o‘z zimmasiga olish (hozirda bu qamoqxonalarni kurdlar nazorat qiladi).

Tramp, shuningdek, Saudiyadan ham Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishni so‘ragan va bu qarorni “meni katta hurmat qilish bo‘ladi”, deya ta’kidlagan.

Suriyaning yangi rahbari Trampning bu takliflariga qanday javob bergani hozircha oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Times ” nashri Suriya rasmiylari Bashar Asad davrida joriy etilgan AQSH sanksiyalarining bekor qilinishi evaziga Amerika kompaniyalariga mamlakatdagi tabiiy resurslarni o‘zlashtirish imkonini berishga tayyorligi haqida xabar bergan edi. Shuningdek, nashr yangi Suriya yetakchisi Ibrohim shartnomasiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga ham tayyorligi haqida yozgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya Donal'd Tramp Saudiya Arabistoni Ar-Riyod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing