Tramp armiyaga Rossiya va Xitoyga qarshi tayyor turishni buyurdi
Olam
−
04 Sentabr 2025 6480 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Pentagonga armiyani qayta qurish va kerak bo‘lganda Rossiya va Xitoyni ushlab turishga tayyorlashni buyurdi. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegset kecha, 3 sentyabr kuni “Fox News”telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyning avvalgi ma’muriyatining noloyiqligi Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi yaqinlashuvga hissa qo‘shgan va AQSHning dunyodagi pozitsiyasiga putur yetkazgan.
“Shuning uchun Prezident Tramp Mudofaa vazirligiga urush ruhini tiklash va to‘xtatuvchilikni tiklash uchun armiyamizni tarixiy tarzda qayta qurishga tayyor bo‘lishni buyurdi”, dedi Hegset.
Pentagon rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Vashington mojaroga intilmayapti, lekin amerikaliklarni himoya qilish uchun barcha zarur vositalarni taqdim etishga majbur.
“Biz buni Xitoy, Rossiya va boshqalarga tushuntirdik: tayyorlik urushning oldini oladi. Kuchga ega bo‘lish fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlaydi”, dedi u.
Pit Hegset namoyishlar va harbiy paradlar yaxshi ekani, lekin ular harbiy mojarolarga aylanmasligi kerakligini ta’kidladi.
AQSH Mudofaa vazirining aytishicha, Oq uyning amaldagi ma’muriyati “kosmosda, osmonda, dengizda va dengiz ostida” strategik ustunlikni saqlab qolish niyatida. Hegset, shuningdek, “Oltin gumbaz” havo mudofaa tizimini ham eslatib o‘tdi, uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hali uni takrorlay olmaydi.
“Tramp Si bilan yaxshi munosabatda va bu birgalikda ishlash yo‘lini topishga yordam beradigan vosita. Aks holda, biz har doim tayyor bo‘lamiz”, deya xulosa qildi Pit Hegset.
Kecha, 3 sentyabr kuni Pekindagi Tyananmen maydonida Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Paradda 20 dan ortiq dunyo yetakchilari, jumladan Vladimir Putin ham qatnashdi. Shu kuni Putin Xitoy rahbari Si Szinpin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
3 sentyabr kuni ertalab Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida shunday deb yozdi:
“AQSHga qarshi fitna uyushtiriayotganingizda, Vladimir Putin va Kim Chen Inga samimiy salomlarimni yetkazing”.
U Ikkinchi jahon urushi davrida Xitoyni yapon bosqinidan ozod qilishda Qo‘shma Shtatlar asosiy rol o‘ynaganini esladi.
Xitoyga to‘rt kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Putin Trampning fitna haqidagi gaplarini hazilga yo‘ydi.
Live
Barchasi