Kreml Trampning “fitna” haqidagi so‘zlariga javob berdi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, AQSH Prezidenti Donald Trampning Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya yetakchilari AQSHga qarshi fitna uyushtirayotgani haqidagi so‘zlari kinoyali va kulgulidir. Bu haqda u bugun, 3 sentyabr kuni jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Putinning yordamchisiga ko‘ra, Trampning bu gaplarini hazilga yo‘yish kerak, chunki uchrashuvlarda fitna haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lmagan. 

“U buni xazillashib aytgan, go‘yoki uchala yetakchi AQSHga qarshi fitna tayyorlayotgandek. Hech qanday fitna bo‘lmadi, hech kim hech narsa uyushtirmadi. Ularning uchalasida ham bunday fikr yo‘q”, degan Ushakov. 

Shuningdek, Kreml vakili xalqaro munosabatlarda Trampning ulushi kattaligi, ko‘plab davlatlar bilan aloqa qilishda u muhim rol o‘ynashini aytgan. 

Donald Tramp fitna haqidagi so‘zlarni Truth Social’da, Ikkinchi jahon urushining tugashi va Yaponiya kapitulyatsiyasining 80 yilligi munosabati bilan Pekinda o‘tkazilgan harbiy paraddan keyin yozdi. U o‘z postida Xitoy Raisi Si Szinpinga murojaat qilib, undan: “Uchovlon AQSHga qarshi fitna uyushtirayotgan bir paytda, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va KXDR rahbari Kim Chen Inga eng iliq tilaklarini yetkazishni” so‘ragan.

Biroq Tramp avvalroq intervyularining birida Xitoy va Rossiyaning AQSHga qarshi “o‘q uzishi”dan xavotirda emasligi, ushbu davlatlar hech qachon AQSHga qarshi qurolli kuch ishlatmasligiga ishonishini bildirgan.

Ma’lumot uchun, SHHT sammitdan so‘ng, bugun, 3 sentyabr kuni Pekin shahrining Tyananmen maydonida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Paradda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham rafiqasi bilan qatnashdi. Shuningdek, unda Xitoy rahbari Si Szinpin, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va yana 24 davlatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Donal'd Tramp Xitoy Yuriy Ushakov Pavel Zarubin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing