Tramp AQSH va Eron kelishuvi ikkinchi bosqichga o‘tganini aytdi
Olam
−
16 iyun 1972 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan tuzilayotgan kelishuv jarayoni ikkinchi bosqichga o‘tganini ma’lum qildi. Bu haqda u Qatar amiri bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.
“Bizda Eron bilan kelishuv bor. U muvaffaqiyatli bo‘lishi kerak”, degan Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvni imzolashning keyingi bosqichi osonroq kechishi kutilmoqda.
Jurnalistlar oldida so‘zga chiqqan Donald Tramp yana bir bor AQSH Eronni tiklash uchun 300 milliard dollar sarflashi haqidagi ma’lumotlarni rad etgan. Uning ta’kidlashicha, Vashington mamlakat infratuzilmasiga qandaydir mablag‘ kiritish majburiyatini olmagan.
Tomonlar 19 iyun kuni Shveysariyada yakuniy kelishuvni imzolashi kutilmoqda. Shundan so‘ng Tehron va Vashington qolgan bahsli masalalar bo‘yicha 60 kun davomida muzokaralar olib boradi.
Kelishuvning elektron versiyasi esa tomonlar tomonidan bir kun avval imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv tashkil etishga shoshilinch urinishlar qilayotgani haqida xabar berilgandiyu. Maqsad – Eron bilan tayyorlanayotgan urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv atrofidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish.
Live
Barchasi