Tramp AQSH Hukumatini yana bir hafta moliyalashtiradi
Olam
−
12 dekabr 2020
7093AQSH Prezidenti Donald Tramp Federal hukumatni vaqtincha moliyalashtirishni 18 dekabrgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda CNBC tomonidan xabar berilgan.
Avvalroq tegishli qonun loyihasi AQSH Kongressi va Senati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Hukumatni moliyalashtirish to‘g‘risidagi avvalgi qonunning muddati 11 dekabrda tugagan.
Oxirgi marta hukumat ishi 2018 yilda moliyaviy sabablarga ko‘ra to‘xtashga majbur bo‘lgan. Keyinchalik davlat xizmatchilari 35 kun davomida rejadan tashqari ta’tilga chiqdi. Oqibatda Amerika iqtisodiyoti 11 milliard dollar zarar ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning qizi Ivanka Tramp eri Jared Kushner bilan birgalikda Amerikaning Indian-Krik orolidan qiymati 30 million dollardan (24,8 million yevro) oshadigan katta yer uchastkasiga ega bo‘lgani xabar qilingandi.
Shuningdek, Prezident AQSHda 24 soat ichida koronavirusga qarshi emlash boshlanishini aytdi.
LiveBarchasi