Tramp aqliy qobiliyat testidan o‘tdi
Olam
−
12 aprel
3977AQSH Prezidenti Donald Tramp Walter Reed nomidagi milliy harbiy tibbiyot markazida to‘rt soat aqliy qobiliyat bo‘yicha test topshirdi. Bu haqda Prezidentning o‘zi kecha, 11 aprel kuni Oq uyda jurnalistlar bilan o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi.
Oq uy rahbari hozirgi prezidentlik davridagi kognitiv testni muvaffaqiyatli topshirganini aytgan.
“Barcha savollarga to‘g‘ri javob berganimdan tashqari, sizga nima deyishni bilmayman”, degan 78 yoshli Prezident jurnalistlarga.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt tibbiy ko‘rik natijalari imkon qadar tezroq e’lon qilinishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Trampning salomatligi haqidagi so‘nggi batafsil hisobot 2018 yilda e’lon qilingan. “The New York Times” gazetasi AQSHdagi saylovlardan oldin yangi ma’lumotlarning yo‘qligi tibbiyot mutaxassislarini xavotirga solayotgani, chunki Trampning yoshidagi odamlarda jiddiy kasalliklar bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi. Ular orasida mutaxassislar yurak kasalliklari xavfini va yosh o‘tishi bilan yuzaga keladigan kognitiv qobiliyatlarning pasayishini ta’kidlashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliarder, X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskning biografi Set Abramson dunyoning eng boy odami aqlini yo‘qotib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
LiveBarchasi