Tramp 50 mingga yaqin amaldorni ishdan bo‘shatishi mumkin – ekspert
Olam
−
09:01
2098AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati joriy yil 20 yanvardagi farmoni doirasida 50 mingga yaqin davlat xizmatchisini ishdan bo‘shatishi mumkin. Bu haqda AQSHdagi davlat xizmati masalalarini o‘rganishga ixtisoslashgan Virjiniya universiteti dotsenti Reychel Augustin Potter “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bu federal davlat xizmati tizimida keng ko‘lamli qayta qurishga olib keladi. Trampning birinchi prezidentlik muddatida “ma’muriy davlat”ni demontaj qilish zarurligi haqidagi fikrlari jiddiy oqibatlarga olib kelmadi. Ammo hozir ularda allaqachon harakat rejasi borga o‘xshaydi”, dedi Potter.
Nashrning yozishicha, Amerika ma’muriyatida keng ko‘lamli o‘zgarishlar allaqachon boshlangan – Trampning maqsadi AQSH federal hokimiyatining barcha organlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish va sodiq bo‘lmagan amaldorlarni o‘z tarafdorlari bilan almashtirish.
“Tramp ma’muriyati shaxsiy yutuqlarga asoslangan davlat xizmati tizimini hamdo‘stlikka asoslangan tizimga aylantirish uchun maqsadli marshni boshladi. Ammo biz har bir bosqichda bu jarayonga qarshi kurashamiz”, dedi Merilend shtati senatori Kris Van Xollen.
“Associated Press” ham manbalarga tayanib, Tramp 160 ga yaqin xodimni vaqtincha ishdan chetlatib, Milliy xavfsizlik kengashini keng ko‘lamli qayta tashkil etish jarayonini boshlagani haqida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp AQSHda tug‘ilganlik huquqi asosida fuqarolik olishni cheklovchi farmonni imzolagani xabar qilingandi. Keyinroq esa ushbu farmonga qarshi 22 shtat sudga murojaat qildi.
LiveBarchasi