Kurs UZS

USD

12 890.43

11.47

EUR

14 720.87

-80.92

RUB

156.04

-2.35

Tramp 1 yilda 1 mln migrantni deportatsiya qilmoqchi – WP

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati prezidentligining birinchi yilida 1 milliongacha muhojirni deportatsiya qilmoqchi. Bu haqda “The Washington Post” sobiq va amaldagi federal amaldorlarga tayanib xabar berdi.

Bir yil ichida 400 mingdan ortiq deportatsiya bo‘yicha avvalgi rekord 2009 yilning yanvaridan 2017 yilning yanvarigacha bo‘lgan 44-prezident Barak Obama davrida o‘rnatilgan edi.

Tramp ma’muriyati ayrim shaxslarga grin-karta berishni to‘xtatdi  north_east

Tramp ma’muriyati ayrim shaxslarga grin-karta berishni to‘xtatdi 

Prezident maslahatchisi Stiven Miller bu masalani deyarli har kuni Ichki xavfsizlik departamenti va boshqa federal idoralarning rasmiylari bilan muhokama qilmoqda. Nashr manbalariga ko‘ra, ular tegishli farmoyish chiqarilgan 1,4 million kishining bir qismini deportatsiya qilish yo‘lini topmoqchi, biroq ularni qaytarib yuborishning iloji yo‘q, chunki ularning vatanlari bu odamlarni ortga qaytarmaydi.

Vashington uchinchi davlatlarga deportatsiya qilinganlarni qabul qilish bo‘yicha ham muzokaralar olib bormoqda. Tramp Oq uyga qaytganidan keyingi dastlabki kunlarda Meksika, Kosta-Rika va Panama AQSHdan chiqarib yuborilgan Hindiston, Markaziy Osiyo, Xitoy, Afg‘oniston, Rossiya va boshqa davlatlar fuqarolarini qabul qilishga rozi bo‘ldi.

Saylov kampaniyasi davomida Tramp millionlab noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilmoqchi ekanini aytgandi, biroq tahlilchilar bu maqsadni real emas deb hisoblab, yetarlicha mablag‘ yo‘qligi, kadrlar yetishmasligi va ko‘pchilik muhojirlar (jumladan, jinoyatda ayblanganlar) sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanini ta’kidlagandi.

“AQSHning Kubadagi Guantanamo harbiy bazasidagi hibsxonaga jo‘natilganlar mamlakatda noqonuniy bo‘lganlarning faqat kichik bir qismi”, deya ta’kidlaydi gazeta.

Moliyaviy va huquqiy to‘siqlardan tashqari, immigratsiya rasmiylari Oq uyning doimiy tanqidiga duch kelmoqda. Qancha odam deportatsiya qilinganini kuzatish qiyin, chunki Tramp ma’muriyati Ichki xavfsizlik statistikasi idorasining oylik hisobotlarini chiqarishni to‘xtatdi. Ichki xavfsizlik departamenti matbuot kotibi Trisha Maklaflinning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning mart oyi oxirigacha AQSHdan 100 mingdan ortiq muhojir deportatsiya qilingan. Uning ta’kidlashicha, bu raqamga mamlakat ichida hibsga olinganlar ham, chegarada qo‘lga olinganlar ham kiradi, lekin o‘zlari chiqib ketganlar emas. Mart oyida Tramp ma’muriyati hujjatsiz muhojirlarga hibsga olish va hibsga olinmaslik uchun Qo‘shma Shtatlarni mustaqil ravishda tark etish imkonini beruvchi mobil ilovani ishga tushirdi.

An’anaga ko‘ra, deportatsiya qilinganlarning aksariyati chegarani noqonuniy kesib o‘tganlardir. Tramp chegarani qo‘riqlash uchun qo‘shin yuborganidan keyin ularning soni keskin kamaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH o‘zbekistonlik muhojirlarni harbiy samolyotda Panamaga deportatsiya qilgandi. Kosta Rikaga deportatsiya qilinishi rejalashtirilgan O‘zbekiston fuqarolari esa Toshkentga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp migrantlar deportatsiya Stiven Miller

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing