Tramp hurmat qilgan sobiq prezident uy qamog‘iga olindi
Olam
−
05 avgust 9126 2 daqiqa
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro Braziliyadagi uyida uy qamog‘iga olindi. Unga mobil telefonlardan foydalanish taqiqlangan va faqat cheklangan miqdordagi odamlar bilan muloqot qilish huquqiga ega. Bunday qaror kecha, 4 avgust kuni Braziliya Oliy sudi sudyasi Aleksandr de Morayes tomonidan qabul qilindi.
Morayes hukmni 3 avgust kuni Bolsonaro onlayn havola orqali tarafdorlariga murojaat qilgani, nutqdan parchalar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingani bilan asosladi. Sudya buni sud hokimiyatiga bosim o‘tkazishga urinish deb hisobladi.
Braziliyaning 70 yoshli sobiq prezidenti 2022 yilgi saylovlarda g‘alabani ilib ketgan o‘z vorisi Luiz Inasiu Lula da Silva hukumatini ag‘darishga uringanlikda ayblanmoqda. 2023 yil 8 yanvarda Bolsonaro tarafdorlari Lula lavozimga kirishganidan ko‘p o‘tmay, Kongress, Oliy sud va Braziliyadagi prezident saroyiga bostirib kirdi.
Joriy yil 19 iyul kuni Bolsonaroga elektron bilaguzuk berildi, tunda uyda qolish buyurildi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi.
Bolsonaroga qarshi sud jarayoni yakuniy bosqichga kirdi. Sobiq prezident “demokratik huquqiy tartibni buzishga urinish”da ayblanmoqda. Siyosatchining o‘zi barcha ayblovlarni rad etadi.
Joriy yil 30 iyul kuni AQSH hukumati Bolsonaroni siyosiy ta’qib qilishda ayblab, sudya Morayesga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp o‘zining Truth Social platformasida Braziliyaga 50 foizlik boj stavkalari qo‘llash bilan tahdid qilgan edi. U bu qarorni Braziliyadagi sobiq prezident Jair Messias Bolsonaruga qarshi sud ishi bilan bog‘lagan. Tramp Bolsonaruni o‘zining ittifoqchisi deb biladi va unga nisbatan olib borilayotgan sudni adolatsizlik deb atagan. Braziliyaning amaldagi Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva esa bunga javoban Tramp faqatgina AQSH Prezidenti ekani, u dunyo imperatori emasligini aytdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr