Tramp hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirmoqchi

Olam

image

Biroz avval, Senat va AQSH Kongressi Vakillar Palatasi qo‘shma yig‘ilishda demokrat Jozef Baydenning 3 noyabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alabasini tasdiqlagani haqida xabar bergan edik. 

Qo‘shma yig‘ilishdagi qarordan so‘ng, Prezident Tramp bayonot bilan chiqdi. Uning bayonoti Twitter orqali tarqatildi. 

“Tramp saylov natijalaridan rozi bo‘lmasa-da, 20 yanvar kuni hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishini aytdi”, deyiladi bayonotda. 

Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari ma’muriyati Donald Trampning akkauntini bloklab qo‘ydi. Bunga Trampning AQSHda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylov natijalarini tan olishdan bosh tortgani bilan bir qatorda saylovlarni qalbakilikda ayblagani va ular orqali ijtimoiy tarmoqdan foydalanish qoidalarini buzgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Bu haqda xavfsizlik bo‘yicha Twitter rasmiy akkauntida so‘z boradi.

Trampning Facebook’dagi akkaunti 24 soatga, Twitter’dagi akkaunti esa 12 soatga bloklangan. Bundan tashqari, Twitter Prezident uchta tortishuvli tvitini olib tashlashi kerakligini ta’kidlagan. Agar takroriy qoidabuzarlik yuz bersa, Trampning akkaunti butunlay bloklanishi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQShdagi to'polon

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing