Tojsiz Xokon VIII Norvegiya taxtiga o‘tirdi (foto)
Olam
−
20:36 492 2 daqiqa
Bugun, 1 sentyabr kuni Norvegiyaning yangi qiroli Xokon VIII Stortingda (Norvegiya parlamentida) qasamyod qabul qildi. Bu haqda VG xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xokon VIII qirollik saroyidan parlamentga 1966 yilda chiqarilgan Lincoln Continental A-5 avtomobilida yo‘l olgan. Bu avtomobildan 1968 yilda uning ota-onasi – bo‘lajak qirol Xarald V va qirolicha Sonyaning nikoh to‘yida foydalanilgan.



“Men Norvegiya Qirolligini uning Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq boshqarishga va’da beraman va qasam ichaman. Men va qirolicha mamlakat hamda xalq oldidagi burchimizni bajarishga tayyor ekanimizni tasdiqlaymiz”, deydi monarx marosimda.

Qirolga valiahd malika Ingrid Aleksandra hamrohlik qilgan. Marosimda, shuningdek, qirolicha Sonya (qirol Xarald V ning bevasi) va shahzoda Sverre Magnus ham ishtirok etgan. Xokonning rafiqasi, qirolicha Mette-Marit marosimda qatnashmagan. Qirollik xonadoni uning joriy yil iyun oyida o‘tkazilgan o‘pka ko‘chirib o‘tkazish amaliyotidan keyingi asoratlar sababli ishtirokini bekor qilganini ma’lum qilgan.’



Xokon Norvegiya monarxiyasi uchun murakkab davrda taxtga o‘tirgan. 2026 yilning boshida uning rafiqasi Mette-Marit moliyachi Jeffri Epshteyn bilan yozishmalari e’lon qilingach, bosim ostida qolgan edi.
Obro‘-e’tiborga berilgan yana bir zarba Xokonning o‘gay o‘g‘li va Mette-Maritning farzandi Marius Borg Xyoybiga o‘qilgan sud hukmi bo‘ldi. U ikki ayolni zo‘rlashda, shuningdek, sobiq sevgilisiga shafqatsiz munosabatda bo‘lishda aybdor deb topildi. U to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Eslatib o‘tamiz, qirol Xarald V joriy yilning 28 avgust kuni 89 yoshida vafot etgandi. U mamlakatni 35 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan. Xarald 9 sentyabr kuni Osloda dafn etiladi.
Live
Barchasi