Tojikistonning qarzlari og‘irlik qilyapti. Mamlakat Xitoyga iltimos bilan chiqdi

Olam

image

Tojikiston Hukumati yangi koronavirus pandemiyasi oqibatlarini inobatga olib, Xitoydan kredit majburiyatlarida yengillik berishni so‘radi. Bu haqda Asia Plus xabar berdi.

Tojikiston Xitoyning “Eksimbank”idan 1,2 mlrd dollar qarz. Bu mamlakatning jami qarzining 40 foiziga teng. Jami qarz 3,1 mlrd dollar.

Tojikistonning Jahon bankidan 338,5 mln dollar, Osiyo taraqqiyyot bankidan 131,9 mln dollar qarzi bor. Bundan tashqari, yevroobligatsiyalar bo‘yicha ham500 mln dollarlik majburiyat bor. Shunga qaramay, Tojikiston tomoni mamlakat iqtisodiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoy investitsiyasi miqdorini oshirmoqchi.

Tojikistonning Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy 2007-2019 yillarda mamlakat iqsodiyotiga 2,8 mlrd dollar investitsiya kiritgan.

Bu davrda Xitoy investitsiyalari iqtisodiyotning aloqa, qurilish, moliya xizmati, geologik razvedka va qazib olish kabi sohalariga yo‘naltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qarz Xitoy-Tojikiston

Baholaganlar

1255

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing