Tojikistonliklarga Rossiyaga bormaslik tavsiya etildi

Olam

image

Tojikiston fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechish tavsiya etiladi. Bu haqda respublikaning Moskvadagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tavsiyalar Rossiyaning mamlakat hududiga kiruvchi xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishi bilan bog‘liq.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi paytlarda Rossiyada xorijliklarning mamlakatga kirishini nazorat qilish bilan bog‘liq bir qator qonun loyihalari taklif qilinmoqda. Xususan, Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi 1 dekabrdan davlat hududiga kiruvchi migrantlarning biometrik ma’lumotlarini olishni boshlashni taklif qilgan. Bundan tashqari, Rossiya Davlat Dumasining kengaytirilgan yig‘ilishida parlament quyi palatasi raisi

Vyacheslav Volodin mamlakatga kiruvchi past malakali migrantlar oilalarining kirishini taqiqlash kerakligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning birinchi yarmida 17,1 ming Tojikiston fuqarosi turli qoidabuzarliklar sababli Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborilgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston Moskvada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made