Tojikistonlik ayol terrorchilikda ayblanib hibsga olindi

Olam

image

Sankt-Peterburgning Petrograd tuman sudi Tojikiston fuqarosini 40 kunga hibsga oldi. Ma’lum qilinishicha, u o‘z vataniga ekstraditsiya qilinishi mumkin. 

“Petrograd tuman sudi Nagora Samiyevani Tojikiston Respublikasida jinoiy tashkilot tuzish va ekstremistik faoliyatni tashkil etishda ayblab hibsga oldi”, deyiladi rasmiy axborotlarda. 

Gumonlanuvchi 29 dekabr kuni qo‘lga olingan. Sud uning Tojikiston huquq-tartibot idoralari iltimosiga binoan Interpolning xalqaro qidiruv ro‘yxatiga kiritilganini aniqladi. 2025 yil mart oyida unga jinoiy ish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Xorijiy huquq-tartibot idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan shaxs Turkiyada bo‘lganida Tojikistonda taqiqlangan Hizbut-Tahrir al-Islomiy ekstremistik tashkilotining g‘oyalarini targ‘ib qilgan va uning materiallarini "Islom xalifaligi"ni yaratish maqsadida internetda tarqatgan.  

Ayblanuvchining harakatlari Rossiya Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (jinoiy guruh tuzish) va 282.2-moddasi 1-qismi (ekstremistik tashkilot faoliyatini tashkil etish)ga mos kelishi aniqlangan. 

“Sud ekstraditsiyaga to‘sqinlik qiluvchi hech qanday asos topmadi. Ayol sudyaga hech narsa bilmasligini va unga tuhmat qilib, ta’qib qilgan sobiq eri hamma narsada aybdor ekanligini bildirgan. Sud uni ekstraditsiya qilish uchun 40 kunlik sudgacha qamoqqa olishni buyurdi”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning 22 fevral kuni “Krokus Siti Holl” konsert zaliga uyushtirilgan hujum va unda 149 kishining qurbon bo‘lishi ortidan Rossiyada tojikistonliklarga nisbatan ta’qib va nafrat ortgan. Terakt ijrochisi sifatida tojikistonlik Shamsiddin Fariduni ko‘rib kelinmoqda. Uning o‘zi ham 2025 yilning dekabr oyi o‘rtalarida boshlangan sud majlisida aybiga iqror bo‘lgan


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg terakt tojikistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing