Tojikistondan Rossiyaga aviaqatnovlar keskin kamaydi
Olam
−
30 mart
10639Tojikistondan Rossiyaga chiptalar savdosi kamaygani, shuningdek, "Krokus"dagi teraktdan keyin sotib olingan chiptalarning qaytarilishi kuzatilayotgani aytilmoqda. Bu haqda aviatashuvchilar vakillariga tayanib, Tojikistonning “Asia-Plus” axborot portali xabar berdi.
"Somon Air" aviakompaniyasining xabar berishicha, Rossiyaga chiptalar sotuvi 20 foizga kamaygan. 25 mart kuni Rossiyaga 40 ta chipta, 26 mart kuni 30 ta, 27 mart kuni esa 36 ta chipta qaytarilgan. Yana bir chipta sotuvchining qayd etishicha, mijozlar Moskvaga uchib ketishdan qo‘rqib, kassaga 17 ta chipta qaytargan. Ammo "Somon Air" vaziyat avvalgi holatga qaytishiga umid qilmoqda.
Dushanbedagi aviachiptalar kassasida “Ural Airlines” shirkati yo‘lovchilar soni kam bo‘lgani uchun jadval bo‘yicha Jukovskiy aeroportiga uchuvchi ikkita reysni qoldirgan.
"Ural Airlines" aviakompaniyasi ilgari Jukovskiy aeroportiga 3 ta reys amalga oshirilgan bo‘lsa, endi talab yuqori bo‘lmagani sababli faqat bitta reysni amalga oshirdi. Deyarli har kuni qaytarishlar bo‘lmoqda, odamlar qo‘rqadi, ular u yerda (Rossiyada) muhojirlar juda qiynalganini aytmoqda. Shuning uchun biz butun vaziyat tezroq yaxshilanishini kutmoqdamiz", deb javob bergan aviakompaniya xodimi.
Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni Moskvada 140 dan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt aybdorlari deb tojikistonliklar asosiy planga qo‘yilgandan so‘ng, mamlakatda markaziy osiyoliklarga nisbatan viza rejimini joriy qilish kerakligi haqida gap-so‘zlar urchigan edi.
LiveBarchasi