Tojikistondan narkotik olib kelgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Rossiya, Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1995 yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1992 va 2005 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs bilan o‘zaro til biriktirgan. Ular Tojikistondan O‘zbekiston hududiga aylanma yo‘llar orqali 20 kg 749 gr opiy moddasini olib o‘tgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Rossiyadan Qozog‘iston Respublikasi orqali O‘zbekistonga kirish uchun “Dovut-ota” chegara-bojxona postiga kelgan vaqtida, Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashovchi 37 yoshli shaxs boshqaruvidagi LADA Largus rusumli avtotransport vositasi DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada unda Moskva shahridan olib kelinayotgan 2 dona ovoz chiqarish kolonkasi ichiga yashirib qo‘yilgan 18 kg 97 gr “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u o‘zining shaxsiy avtomashinasida “O‘zbekiston-Rossiya-O‘zbekiston” yo‘nalishida fuqarolarni tashish bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 1981 yilda tug‘ilgan muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs va 1995 yilda tug‘ilgan muqaddam o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlangan fuqaro o‘zaro til biriktirib, Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan 56000 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini yashash xonadonlariga yashirib qo‘yganliklari fosh etildi.

Mazkur xonadonni ko‘zdan kechirish jarayonida qo‘shimcha 6780 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ham ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham bojxona organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida tezkor tadbir o‘tkazgan.

Natijada Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida doimiy yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan fuqaroning Nexia rusumli avtotransport vositasi va uning Yakkasaroy tumanidagi ijaraga olgan xonadoni ko‘zdan kechirilganda, jami 43666 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu dori vositalari ham Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing