Tojikistondan qariyb 20 kg “opiy” moddasini olib o‘tgan samarqandlik ushlandi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro Tojikistondan qariyb 20 kg “opiy” giyohvandlik vositasini olib o‘tgan paytida qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘zbek-tojik davlat chegarasining Urgut tumani hududidan o‘tuvchi qismida 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro ushlangan. Undan qo‘shni Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan 19 kg 799 gramm “opiy” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida bir fuqaroning uyidan Tojikistondan olib kelingan 6 kg 403 gr “opiy” moddasi topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Samarqand opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing