Tojikistondagi zilzila Sarez ko‘liga zarar yetkazdimi?

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 23 fevral kuni Tojikistonda 9 marotaba zilzila sodir bo‘lgan edi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar davlat qo‘mitasi zilzila oqibatida Sarez ko‘liga zarar yetmaganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, zilzilalar epimarkazi tog‘li hududlar, Murg‘ob viloyati va Sarez ko‘li oralig‘idagi cho‘l hududlarda bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘ida magnituda 5 ballni, chuqurlik esa 10 kilometrni tashkil etgan.

Shuningdek, qo‘mita Sarez ko‘lining monitoringi va erta ogohlantirish tizimi normal ishlayotgani, hech qanday o‘zgarish ro‘yxatga olinmaganini ma’lum qilgan. Tashkilotga ko‘ra, Sarez ko‘liga suv kelishi va uning sarflanishi o‘zgarishsiz qolgan, ya’ni bugungi kunda suv oqimi soniyasiga 39 kub metrni, sarfi esa 45 kub metrni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Sarez ko‘lida suv toshqini xavfi yuzaga kelishi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonga ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Masalan, 2015 yilda Sarez ko‘li hududida 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lishi oqibatida tosh qulashi qayd etilgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

zilzila Sarez ko'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing