Tojikistondagi bozorda gaz balloni portlab ketdi (video)
Olam
−
22 may 2023 11250 1 daqiqa
Tojikiston janubida joylashgan Xatlon viloyatidagi bozorda gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, voqea joriy yilning 20 may kuni sodir bo‘lgan. Viloyatning Pyanj tumanida joylashgan bozordagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz balloni portlab ketishi oqibatida 28 kishi jabrlangan.
“Xatlon viloyati Pyanj tumani markaziy bozorida gaz ballonining portlashi oqibatida 28 kishi tan jarohati olib, tuman kasalxonasiga yotqizildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlarning sakkiz nafari og‘ir ahvolda bo‘lib, reanimatsiyaga joylashtirilgan.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi portlash sababi sifatida ballonni suyultirilgan gaz bilan to‘ldirishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganini ko‘rsatmoqda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr