Tojikistondagi aksilterror operatsiyasida ofitser o‘ldirildi
Olam
−
18 may 2022 18112 1 daqiqa
Tojikiston sharqidagi Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi oqibatida xavfsizlik kuchlari orasidan bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Oqibatda bir ofitser halok bo‘ldi, 13 nafar harbiy xizmatchi og‘ir jarohat oldi”, deyilgan manbada.
Shuningdek, jangarilar tomonidan 8 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi yaralangan, terrorchilik guruhining 70 dan ortiq faol a’zosi qo‘lga olingan. Operatsiya davomida tinch aholi vakillaridan hech kim jabrlanmagan.
Qayd etilishicha, 200 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh barcha turdagi qurollarni qo‘llagan holda Dushanbe-Xorog‘ avtomobil yo‘lini va Rushon tumani markazidagi 3 nuqtada chegara komendaturasini to‘sib qo‘ygan.
Uyushgan jinoiy guruh a’zolari huquq-tartibot idoralari xodimlarining qurollarni topshirish haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan va qurolli qarshilik ko‘rsatgan.
Avvalroq, Tojikiston kuch tuzilmalari Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida terrorga qarshi operatsiya boshlagani haqida xabar bergandik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025