Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
22 mart
13278Tojikistonda 22 mart kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 08:47 da qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,4 ball, chuqurligi esa 15 kilometr bo‘lgan.
O‘zbekiston hududida uning kuchi quyidagicha sezilgan:
- Farg‘ona viloyatida – 3 ball,
- Andijon viloyatida – 2-3 ball,
- Namangan viloyatida – 2-3 ball,
- Sirdaryo viloyatida – 2 ball,
- Toshkent shahrida – 2 ball.