Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

−

image

Tojikistonda 22 mart kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi. 

Unga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 08:47 da qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,4 ball, chuqurligi esa 15 kilometr bo‘lgan.

O‘zbekiston hududida uning kuchi quyidagicha sezilgan:

  • Farg‘ona viloyatida – 3 ball,
  • Andijon viloyatida – 2-3 ball,
  • Namangan viloyatida – 2-3 ball,
  • Sirdaryo viloyatida – 2 ball,
  • Toshkent shahrida – 2 ball.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing