Tojikistonda yog‘ingarchilik qurbonlari soni 17 nafarga yetdi

Olam

image

Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Vahdat shahridagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish vaqtida, tozalash ishlari olib borilayotganda yana to‘rt kishining jasadi topildi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi. 

Mamlakat Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining nashrga ma’lum qilishicha, Vahdat shahrining Ro‘zik, Simiganj, Chuyangaron va Romit nomli qishloqlarida olib borilgan ishlar vaqtida 3 nafar ayol va 1 nafar erkakning jasadi topilgan. 

“Jasadlar shaxsini aniqlash uchun tegishli organlarga topshirildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 350 nafar mahalliy aholi vakillari ishtirokida suv tarmoqlari, ko‘cha va yo‘llar, yuqorida qayd etilgan mahallalardagi 25 ta turar-joy binosi loydan tozalangan. Vahdat-Romit avtomobil yo‘li ham to‘liq loy va tosh massalardan tozalanib, harakat tiklangan. 

Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 29 avgustga o‘tar kechasi kuchli yog‘ingarchilik tufayli Dushanbe-Vahdat-Lyaxsh avtomobil yo‘lida sel oqimi yuzaga kelgan. Oqibatda yo‘llar to‘sib qo‘yilib, transport harakati to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, kuchli yog‘ingarchilik Tojikistonda 27 avgust kuni boshlangandi. Dushanbe, Vahdat va Hisor shaharlari, shuningdek, Rudakiy, Varzob, Devashtich, Rasht, Sangvor va Tojikobod tumanlari sel va ko‘chkilardan jiddiy zarar ko‘rgan. Avvalroq yog‘ingarchilik oqibatida Vahdat tumanida 11 kishi, Rudakiyda esa 2 kishi qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston yog'ingarchilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing