Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
28 avgust 2023
6952Kecha, 27 avgust kuni kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Tojikistonning Vahdat va Rudakiy tumanlarida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vahdat tumanida 11 kishi, Rudakiyda esa 2 kishi qurbon bo‘lgan. Odamlar qanday sharoitda vafot etgani aniqlanmagan. Kuchli yomg‘ir Dushanbe-Xo‘jand yo‘lining ayrim qismlariga ham jiddiy zarar yetkazgan. Magistral yo‘lda harakat vaqtincha to‘xtatilgan.
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
Shuningdek, davlat rahbari Bosh vazir, Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi hamda boshqa vakolatli organlarga halok bo‘lganlarning oila a’zolariga tez yordam ko‘rsatish, favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan.
LiveBarchasi