Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 19 may kuni Tojikistonning Xatlon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi Toshkent vaqti bilan 22:42 da yuz bergan. Magnitudasi 4,8, chuqurligi 30 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 354 km janubiy-g‘arbda joylashgan Xatlon  viloyati. Koordinatalari: 38,08 daraja shimoliy kenglik, 69,14 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Uzun tumanida 2 ball, 104 km;
  • Denov tumanida 2 ball, 112 km;
  • Sho‘rchi tumanida 2 ball, 113 km;
  • Sariosiyo tumanida 2 ball, 115 km;
  • Oltinsoy tumanida 2 ball, 124 km.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing