Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

image

Tojikiston Respublikasining Tog‘li Badaxshon viloyatida 7 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun, 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 09:24 da Tojikistonda yer qimirlagan. Zilzila koordinatalari: 39,16 gradus shimoliy kenglik; 70,71 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5.8. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 266 km janubi-sharqda. 

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona viloyatida 3 ball, 164 km; 
  • Namangan viloyatida 2-3 ball, 220 km; 
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 222 km; 
  • Andijon viloyatida 2-3 ball, 227 km; 
  • Jizzax viloyatida 2 ball, 266 km; 
  • Toshkent shahrida 2 ball, 266 km; 
  • Samarqand viloyatida 2 ball, 327 km; 
  • Surxondaryo viloyatida 2 ball, 367 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod shahrida zilzila sodir bo‘lgandi va u O‘zbekistonga ham ta’sir qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing