Tojikistonda sel oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kuchli yog‘ingarchilik Tojikistonning bir qancha viloyatlaridagi tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel oqimini keltirib chiqardi. Kuchli tabiiy ofat oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, 4-5 may kunlari kuchli yog‘ingarchilik natijasida respublikaning Xatlon va So‘g‘d viloyatlari, shuningdek, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida kuchli yomg‘ir, sel va daryolarda suv sathining ko‘tarilishi qayd etilgan. 

Tabiiy ofat nafaqat qishloqlarni, balki shaharlarni, jumladan, respublika poytaxtini ham qamrab oldi. Xususan, Somoniy va Rudakiy viloyatlarida vaziyat yomonlashgani haqida ma’lumotlar bor. Xarangon va Varzob daryolarida suv sathi ko‘tarilib, qirg‘oqlarni taxminan 50 metr masofada yuvib ketgani xabar qilingan.

Asosan uy uchastkalari zarar ko‘rgan. Bundan tashqari, Nurobod tumanidagi Nurobod-Sari-Jar avtomobil yo‘lidagi ko‘prikni sel oqimi buzgan. Dang‘ara viloyatida Boxtar-Dang‘ara avtomobil yo‘lining 1700 kilometri, Dang‘ara erkin iqtisodiy zonasining bir qismi va elektr tarmoqlari suv ostida qolgan.

Qayd etilishicha, Tojikistonning tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan barcha hududlarida qutqaruv guruhlari mavjud. Maxsus komissiya yetkazilgan zarar miqdorini aniqlamoqda, biroq bu ish natijalari hozircha ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi 3 kun ichida Afg‘onistonning turli viloyatlarida suv toshqinlari oqibatida 14 kishi halok bo‘lgandi.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tojikiston sel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made