Tojikistonda prezidentlik uchun 5 nomzod tasdiqlandi

Olam

image

Kecha, 13 sentyabr kuni Tojikistonning saylovlar va referendumlar bo‘yicha Markaziy komissiyasi yig‘ilishida prezidentlik uchun 5 nomzod rasman ro‘yxatga olindi.

Tojikiston prezidentligi uchun amaldagi davlat rahbari, Xalq demokratik partiyasi yetakchisi Imomali Rahmon, Agrar partiyasi lideri Rustam Latifzoda, Sotsialistik partiya rahbari Abhalim G‘afforov, Kommunistik partiya yetakchisi Miroj Abdulloyev va Iqtisodiy islohot partiyasi lideri Rustam Rahmatzoda nomzod ro‘yxatga olindi.

Demokratik partiya vakili Saidjon Usmonzoda nomzodini tasdiqlash masalasi bugun, 14 sentyabr kuni hal bo‘ladi.

Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi mamlakatdagi prezidentlik saylovini boykot qilishini e’lon qilgandi.

Ma’lumot uchun, Tojikistonda navbatdagi prezidentlik saylovi 11 oktyabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikistonda saylov

Baholaganlar

217

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing