Tojikistonda navbatdagi prezidentlik saylovi muddati belgilandi
Olam
−
06 avgust 2020
8348Bugun, 6 avgust kuni Tojikiston parlamenti palatalarining qo‘shma majlisida navbatdagi prezidentlik saylovlari qachon o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Parlament qaroriga bilan Tojikiston prezidentligiga saylov joriy yilning 11 oktyabr kuni o‘tkazilishi belgilandi.
Sessiyani yuqori palata raisi Rustam Imomali olib borgan.
Avvalgi prezidentlik saylovi 2013 yilning 6 noyabr kuni o‘tkazilgandi.
Bu safar siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, So‘g‘d, Xatlon va tog‘li badaxshon viloyati hamda Dushanbe shahri o‘z nomzodini ilgari surishi mumkin.
Ma’lumot uchun amaldagi Prezidenti Imomali Rahmon 1994 yildan beri uzluksiz mamlakatni boshqarib kelyapti.