Imomali Rahmon Tojikistondagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Olam

image

Tojikistonda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining dastlabki natijasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, saylovda amaldagi davlat rahbari Imomali Rahmon 90,92 foiz ovoz olib, g‘alaba qozondi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.

Qayd etish kerakki, Tojikistonda Prezident 7 yilga saylanadi. Endilikda Imomali Rahmon mamlakatni 2027 yilgacha boshaqaradi.

Kecha, 11 oktyabr kuni o‘tkazilgan saylovlarda yakuniy yavka 85,39 foizni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, Imomali Rahmon Tojikistonning uchinchi Prezidenti. U bu lavozimni 1994 yil 16 noyabrda egallagan. 1992 yil 27 noyabrdan 1994 yil 16 noyabrgacha Oliy Kengash raisi va amalda davlat rahbari bo‘lgan. Bu vaqtda mamlakatda Prezident lavozimi bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon Tojikistonda saylov

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing