Tojikistonda poliomiyelit tarqalishining sababi ochiqlandi
Olam
−
28 mart 2021
15941Avval xabar berganimizdek, Tojikistonda poliomiyelit kasalligi avj olyapti. Mamlakatda epidemiologik holat e’lon qilingan.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda poliomiyelit kasalligi avj olishini vaqtida emlash tadbirlari o‘tkazilmagani bilan bog‘lagan.
Tojikistonda poliomiyelitga qarshi emlash Milliy immunlashtirish kalendariga kiritilgan va barcha uchun majburiy. Preparat turli yoshdagilar turli yo‘llar bilan emlanadi.
Infeksiya tarqalishi faol vaksinatsiya boshlashga turtki bo‘ldi, mamlakatda hozirgacha 500 mingdan ortiq bola vaksina oldi.
Qo‘shni Tojikistonda poliomiyelit kasalligi avj olgani sababli O‘zbekistonda ham ushbu infeksiya tarqalmasligi ustidan nazorat kuchaytirildi. Xususan, Surxondaryo viloyatida 5 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar virusga qarshi emlandi.
LiveBarchasi