Tojikistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi
Olam
−
02 may 2020
12950Tojikistonda koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda “Toҷikiston” telekanali ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, hozirgacha Tojikistonda 76 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Telekanal orqali fuqarolarni gigiyena qoidalariga amal qilishga targ‘ib qilinmoqda.
Aholi sport bilan shug‘ullanishi va immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar iste’mol qilishi kerakligi ta’kidlanmoqda. Shuningdek, ko‘chada ko‘p kishi bo‘lib yig‘ilmaslik va ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga amal qilish kerakligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda ilk koronavirus holati 30 aprel kuni qayd etildi. Keyinroq, oliy o‘quv yurtlari talabalariga muddatdan avval ta’til e’lon qilindi. Shuningdek, mamlakat Prezidenti Imomali Rahmon koronavirusga qarshi kurashish uchun o‘z oyligidan voz kechganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi