Tojikistonda qor yog‘di (fotoreportaj)
Olam
−
18 aprel 2023
17841Bugun, 18 aprel kuni Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatidagi Shamsiddini Shoxin tumanining ayrim aholi punktlarida qor yog‘di. Bu haqda “Asia-plus” xabar berdi.
Tuman matbuot xizmatining ta’kidlashicha, sovuq bog‘dorchilikka putur yetkazgan.
Tojikiston sinoptiklarining ma’lumotlariga ko‘ra, bunday ob-havo mamlakat poytaxtida joriy yilning 20 apreligacha, mamlakat janubida esa hafta oxirigacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida harorat 9 darajaga tushib ketib, qalin qor yog‘gan edi.