Tojikistonda qariyb 227 ming dollar yoqib yuborildi

Olam

image

Tojikistonda 2,5 million somoniy – qariyb 227 ming AQSH dollari miqdoridagi pullar yoqib yuborilgan. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Dushanbe politsiyasi "Omega-fuds" kompaniyasining mablag‘larini yoqib yuborgan 39 yoshli Muhammadsharif Jo‘rayevni qo‘lga olgan.
Erkak o‘z mashinasi ichidagi pullarga olov qo‘ygan. Bu haqdagi ma’lumotlar Tojikiston Ichki ishlar vazirligining “Axbori VKD” maxsus dasturida namoyish etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jo‘rayev korxona xodimi bo‘lib ishlagan. Unga 3,5 million somoniy pulni bankka o‘tkazishi bo‘yicha topshiriq berilgan. Biroq tergovda aniqlanishicha, u bu pulning bir qismini – qariyb 1 million somoniy (deyarli 90 ming $)ni shaxsiy maqsadlari uchun ishlatib qo‘ygan.

Tergov jarayonida Jo‘rayev o‘z jinoyatini yashirish maqsadida, qolgan pul mablag‘lar – qariyb 2,5 million somoniy(deyarli 227ming $)ni qoplarga solib, benzin sepib, shaxsiy avtomobilida yoqib yuborgani aniqlangan.

Politsiyaga ko‘ra, avtomobilga o‘t qo‘yishdan maqsad, yong‘inni go‘yo texnik sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgandek qilib ko‘rsatish bo‘lgan. Natijada barcha pullar yonib zararlangan.

Tergov jarayonida Muhammadsharif Jo‘rayev o‘z aybiga iqror bo‘lgani aytilmoqda.

Durdona Shirinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing