Tojikistonda “inomarka”lar necha pul? Bloger Dima Qayum narxlar bilan tanishtirdi

Foydali

Bir necha kundirki jamoatchilik orasida keskin va murosasiz qabul qilingan masala hammaning diqqat markazida turibdi. Bu mavzu – “UzAutoMotors” AK tomonidan ayrim avtomobillarning narxi oshirilishidir. Ham xorij avtomobillariga qo‘yilgan salmoqli bojlar, ham monopol tarzda faoliyatini yurituvchi kompaniyadan ko‘pchilikning paymonasi to‘lib bormoqda.   

Bloger Dima Qayum o‘zining Facebook sahifasida qo‘shni davlat Tojikistonning avtomobil bozorida sotilayotgan “inomarka”lar narxlari haqida lavha tayyorlabdi.

“O‘zbek xalqi uchun qadrdon xalq sanalmish Tojikistonning Xo‘jand shahriga keldim. Shu shahardagi mashina bozoridamiz. Bu yerdagi mashinalar narxini ko‘rsatmoqchiman. Mashinalar juda-juda ko‘p ekan. Biz ko‘zimizga surtadigan mashinalarni bu yerda chang bosib turibdi. Biz xursandmiz. Mana shunday mashinalar bizga ham yetib borsin. Men shu yerdagi narxlar bilan birma-bir tanishtirib boraman”, deydi bloger Dima Qayum.

Shundan so‘ng, videoda bloger tojikistonlik savdogarlar bilan “inomarka” mashinalar narxini tanishtirib borgan.

Videoda aytilgan narxlar: 

  • Toyota Echo – 15-16 ming AQSH dollari
  • BMW 5 – 15-16 ming AQSH dollari
  • Toyota Camry – 13 ming AQSH dollari
  • Lexus lx 570 – 40 ming AQSH dollari
  • Mercedes Benz E-klass – 10-12 ming AQSH dollari
  • Opel Astra AshkA – 5 ming AQSH dollari (“bizda bu pulga Matiz’ olasiz” deydi bloger).
  • Opel Astra Opel Astra Classic – 5700 AQSH dollari
  • Toyota Venza – 8500 AQSH dollari

Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Inomarka

Baholaganlar

594

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing