Tojikistonda endi “ov“ “yev“ qo‘shimchalari bilan tugaydigan familiyalar bo‘lmaydi

Olam

image

Tojikistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ismlari va otasining ismiga slavyan qo‘shimchalarini ishlatishga qo‘yilgan taqiq respublika parlamenti quyi palatasi deputatlari tomonidan ma’qullandi. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni parlamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning familiyalarda “ov-yev“, otasining ismida “ovich-yevich“ qo‘shimchalari ishlatilmaydi. Ushbu talab Tojikistonda istiqomat qiluvchi etnik ozchiliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Adliya vaziri Muzaffar Ashuriyon ushbu talablar qonun kuchga kirgandan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan qo‘llanilishini tushuntirdi. Uning fikricha, tuzatishlar “milliy nomlarning tiklanishi“ uchun zarurdir.

Eslatib o‘tamiz, 2007 yil 21 martda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon madaniy ildizlarga qaytishga va milliy nomlarning ishlatilishiga chaqirdi. Davlat rahbari familiyasini Rahmonovdan Rahmonga o‘zgartirishga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

925

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing