Tojikistonda bir kunda to‘qqizinchi zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
23 fevral 2023
61606Bugun, 23 fevral kuni Tojikistonda 5 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Mazkur zilzila Toshkent vaqti bilan soat 16:24 da sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari 38,2 daraja shimoliy kenglik, 73 daraja sharqiy uzunlik.
Bu safargi yer silkinishining magnitudasi 5 ball bo‘lgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 470 km janubiy-sharqda joylashgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Xususan, Farg‘ona va Andijon viloyatida 2 ball qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, bir kunda mamlakatda to‘qqiz marotaba zilzila ro‘y berdi.
Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zida Tojikistonda Toshkent vaqti bilan soat 05:37, 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18, 11:50 va 13:00 da – sakkiz marotaba 4 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatildi. Shuningdek, yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir necha viloyatlarida ham sezilgan. Tojikistonda dastlab sodir bo‘lgan zilzila magnitudasi turli manbaalarda har xil berilmoqda.
LiveBarchasi