Tojikistonda ayollarga tor va qora kiyim kiymaslik tavsiya etildi

Olam

image

Tojikistonda dinga yot kiyimlarni kiyishdan saqlanish tavsiya etildi. Bu haqda respublika Islom markazi tomonidan chiqarilgan fatvoda so‘z boradi.

Respublika Islom markazi tomonidan berilgan 5 banddan iborat bo‘lgan fatvoda tojik milliy liboslari hanafiylik mazhabi talablariga to‘liq mos kelishi, shu sababdan aholiga ma’lum maqsadlarda targ‘ib qilinadigan madaniyat hamda dinga aloqador bo‘lmagan liboslarni kiyishdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

“Islom dinining kiyim-kechak kiyishga oid o‘ziga xos qoidalari bor, lekin bichimi va rangiga hech qanday cheklovlar qo‘yilmagan. Shunday ekan, dinimizda milliy rangdagi kiyim kiyish joiz. Lekin ayollarga tor va qora rangdagi hamda tana a’zolarini bo‘rttirib ko‘rsatadigan kiyimlarni kiyish tavsiya etilmaydi. Chunki qora rang dinimiz nuqtai nazaridan farz emas, milliy xususiyatlarimiz va geografik sharoitimizga mos kelmaydi”, deyiladi fatvoda.

Tojikiston Islom markazining Ulamolar Kengashi ana shu jihatlarni inobatga olgan holda, islom axloqi normalariga mos keladigan milliy uslubda kiyinishni tavsiya qilgan. Fatvoda erkaklarning kiyimi haqida ham keltirilar ekan, unda ularning tanasi kindikdan tizzasigacha yopilgan bo‘lishi kerakligi aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bayram va marosimlarni tartibga solish hamda milliy qadriyatlarga yot kiyim kiyishni rasman taqiqlovchi qonunlarning yangi tahririni tasdiqlagandi. Shu bilan mamlakatda diniy liboslar rasman taqiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Islom markazi tor qora kiyim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing