Tojikistonda bir kunda oltinchi zilzila bo‘ldi
Olam
−
23 mart 2023 20199 1 daqiqa
Bugun, 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:50 da Tojikistonda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari 39,4 daraja shimoliy kenglik, 69,84 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etgan. Ushbu yer qimirlashining o‘chog‘i 15 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 417 km janubiy-g‘arbda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 mart kuni Tojikistonda ketma ket 5 marta zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari O‘zbekiston hududida ham sezildi.
Live
Barchasi