Tojikistonda 21 yoshli yigitning qo‘lida snaryad portladi

Olam

image

Tojikistonning janubida joylashgan Shamsiddin Shohin tumanida 21 yoshli yigit snaryad portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Asia-Plus” nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea joriy yilning 6 may kuni tumanning Sho‘roobod qishlog‘ida yuz bergan. Dang‘ara davlat universiteti talabasi bo‘lgan Fazliddin Sangov akasi va uch nafar o‘rtog‘i bilan tog‘ga chiqqanida snaryad topib olgan.

Hamrohlari uni ogohlantirishiga qaramasdan, u snaryadni qo‘liga olgan va u yigitning qo‘lida portlab ketgan. Fazliddin voqea joyida halok bo‘lgan. 

Marhumning jasadi bir kun o‘tib, 7 may kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Xo‘jag‘alton qishlog‘i qabristoniga dafn etilgan. Fazliddin Sangovning otasi va onasi ham bir yil avval baxtsiz hodisada vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Shamsiddin Shohin tumani Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida joylashgan Rog‘iston tumani bilan chegaradosh bo‘lib, hozirgacha bu hududda qonli to‘qnashuvlar bo‘lib turibdi. Tojikiston hukumati u yerni snaryadlardan tozalaganiga qaramasdan, mahalliy aholi portlovchi qurollarning portlashi oqibatida halok bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston snaryad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing