Tojikistonda 18 yoshdan oshganlar majburiy emlanadi
Olam
−
04 iyul 2021 3769 1 daqiqa
Tojikistonda yangi COVID-19 infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirish bo‘yicha Respublika shtabi mamlakatning 18 yoshdan katta aholisi koronavirusga qarshi majburiy emlanishini e’lon qildi. Bu haqda “Xovar” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Shtab qaroriga binoan koronavirusga qarshi emlanish 18 yoshdan oshgan fuqarolar uchun majburiydir”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, bosh shtab vaksinatsiya bepul bo‘lishini ma’lum qilgan. Emlanmagan fuqarolar oilaviy shifokor yoki mahalliy sog‘liqni saqlash muassasalariga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.
Qo‘shimcha qilinishicha, boshqa mamlakatga safar qilib, so‘ng Tojikiston hududiga kirayotgan fuqarolarga PZR-test mavjudligidan qat’i nazar COVID-19 ga qarshi diagnostikadan o‘tish va o‘n kun davomida o‘z-o‘zini yakkalash rejimida bo‘lish tavsiya etilgan.
Bundan tashqari, koronavirus tarqalish xavfi yuqori bo‘lgani sababli, rasmiylar aholiga to‘y va bayramlarni minimal darajada kam ishtirokchi bilan o‘tkazishni tavsiya qilgan.
Dushanbeda 18 yoshdan katta fuqarolar uchun COVID-19 ga qarshi emlash kampaniyasi 25 iyun kuni boshlandi. Ayni paytda mamlakatda Hindistonda ishlab chiqarilgan AstraZeneca vaksinasi va SinoVac kompaniyasining SinoVac vaksinalari qo‘llanilmoqda.
Live
Barchasi