Tojikistonda 1500 nafar folbin va sehrgar ushlandi
Olam
−
01 noyabr
4778Tojikistonda folbinlik va sehrgarlik bilan shug‘ullangan 1500 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon topshirig‘iga binoan va Ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida mamlakatda folbinlik va sehrgarlik bilan shug‘ullangan 1500 kishi qo‘lga olingan, shuningdek, fanatizmda ayblangan 5000 dan ortiq “savodsiz mulla” ichki ishlar organlari nazoratiga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Jinoyat kodeksiga 240-modda (“Jodugarlik va fol ochish”) qo‘shilgandi. Unda ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida ushbu harakat takrorlansa, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi qayd etilgan. Unga ko‘ra, folbinlar hisob-kitob ko‘rsatkichining 1500 dan 2000 baravarigacha jarima yoki bir yildan ikki yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. Keyinchalik Ichki ishlar vazirligi sehrgar va folbinlarning o‘zlarini javobgarlikka tortishdan tashqari, ularga murojaat qilgan fuqarolarga nisbatan ham chora ko‘rilishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi