Tojikistonda ham Ramazon oyi qachondan boshlanishi aytildi

Olam

image

Tojikistonda 2025 yilda Ramazon oyi 1 martdan boshlanadi. Bu haqda bugun, 25 fevral kuni mamlakat Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, ushbu sana mamlakat Ulamolar kengashi tomonidan tasdiqlangan va mamlakat Milliy fanlar akademiyasi Astrofizika instituti xulosasiga asoslangan.

Shuningdek, fitr sadaqasi (mo‘minlarning ro‘za vaqtida beradigan sadaqasi) miqdori 8 somoniy bo‘lishi e’lon qilingan.

Ma’lum qilinishicha, bu yil Tojikistonda zakot 900 somoniy bo‘ladi.

“Zakot kamida 36 ming somoniy miqdorida ortiqcha mablag‘i bo‘lganlar tomonidan berilishi kerak”, deyiladi xabarda.

Xabarda, shuningdek, Ramazon oyi 30 kun davom etishi va ro‘za tugagach, Ramazon hayiti nishonlanishi ham qo‘shimcha qilingan, lekin Ramazon hayitining aynan qachon bo‘lishi aytilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda ham bu yil Ramazon oyi 1 mart kunidan boshlanishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Ramazon oyi 1 mart

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing